So‘nggi yillarda ta’lim tizimida kirib kelayotgan yangi pedagogik texnologiyalar, innovatsiyalar pedagogik-psixologik tushunchalar, interfaol metodlar ta’lim mazmunini o‘zgartirib bormoqda.

    Samarqand davlat universiteti maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakultetida ona tili o‘qitish metodikasi fanidan boshlang‘ich va texnologik ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi Mohina Ahrorova 3 bosqich talabalarga “Boshlang‘ich sinflarda so‘z turkumlari bo‘yicha umumlashtiruvchi dars” mavzusida ochiq dars o‘tkazdi.  Namunaviy dars o‘qituvchi tomonidan tayyorlangan slayd, savol-javoblar, tarqatma materiallar asosida zamonaviy texnologiyalardan foydalanildi.

    - Bugungi darsimiz doimgidek qizg‘in va bahs munozaralarga boy bo‘ldi. Darsda o‘nga yaqin metodalardan foydalandik, - deydi talaba Iroda Haydarova. – Bu kabi bir qator darslarning o‘tkazilishi biz talabalar uchun amaliy va nazariy bilimlarimizni yanada oshirishga xizmat qiladi.  Ayniqsa, dars jarayonidagi qiziqarli va ta’lim standartlariga javob beradigan metodalardan foydalanganligimiz bizning ushbu fanga bo‘lgan qiziqishimizni yanada ortishiga asos bo‘ladi.

Behruz SHAMSIDDINOV

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati xodimi