Samarqand davlat universiteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi raisi, rektor maslahatchisi Sharofat To‘xliyevaning tashabbusi bilan ushbu mavzuda davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

    Tadbir samimiy, ochiq muloqot tarzida o‘tdi. Uni universitet yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Zebiniso Rahmonova ochdi.

    Tadbirda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi mas’ullari, soha mutaxassislari va talabalar ishtirok etdi.

    Yoshlarga zo‘ravonlikni oldini olish, tazyiq o‘tkazish muammoning yechimi emasligini, har bir ishni osonlik bilan hal qilish lozimligi va boshqa mavzularda kerakli ma’lumotlar berildi.

    Shuningdek, viloyat IIB yo‘l harakati xafvsizligi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Ahmadjon Jo‘raev, shahar IIOFM boshqarmasi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori Dilora Xotamova, shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika shifokori Klara Usmonovalar ham o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etib, mavzuga doir turli ma’lumotlar berdi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.

Shavkat Akramov olgan suratlar.