Prorektor talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi yoshlar bilan uchrashdi
Samarqand davlat universiteti yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Zebiniso Rahmonova talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning turli muammolarini o‘rganish, ular bilan erkin muloqot qilish maqsadida 5-sonli talabalar turar joyiga tashrif buyurdi.
Dastlab, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 tashabbus doirasida tashkil etilgan to‘garaklar faoliyati bilan tanishdi. Agrobiotexnologiya va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti talabasi Rayhona Nurqosimovaning aytishicha, u 20 ga yaqin tengdoshini tikuvchilik to‘garagiga jalb qilgan.
Shundan so‘ng, Zebiniso Rahmonova yotoqxonada istiqomat qiluvchi talabalar bilan samimiy suhbatlashdi. Oshxonalar, xonalar ko‘zdan kechirildi. Talabalarning fikrlari bilan qiziqib, ular bilan samimiy muloqot qilindi.
Ushbu tashrifga parallel ravishda kimyo fakulteti talabalari tomonidan madhiyamizning 29 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tkazilmoqda edi. Zebiniso Rahmonova ushbu tadbirda ishtirok etib, talabalarni bayram bilan muborakbod etdi. Ular bilan muloqot qildi.
- Bugungi uchrashuv ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Bizning yotoqxonamizda barcha sharoit va imkoniyatlar mavjud, - deydi filologiya fakulteti talabasi Mashhura Kamolova. – Yangi yil yaqinlashib kelayotganligi sababli yotoqxonamizda bayram kayfiyati hukmron.














Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.
Shavkat Akramov olgan suratlar.

