Konstitutsiya – islohotlarning muhim poydevori
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasidir. Ushbu tantanali bayram O‘zbekiston bo‘ylab keng nishonlanmoqda.
Samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti hamda 1-sonli Mehribonlik uyi bilan hamkorligida “Konstitutsiya - baxtimiz qomusi” shiori ostida tantanali bayram tadbiri o‘tkazdi.
Tadbirda filologiya fakulteti talabalari hamda Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari faol ishtirok etdi.
Tadbirni fakultet tyutori Gulbahor Mustafoqulova ochib, bayram bilan barcha yoshlarni muborakbod etdi. Mehribonlik uyi direktori Mavjuda Faxriddinova yoshlarning ilm olishiga, o‘qishlariga omad va zafarlar tilab, o‘zining samimiy tilaklarini izhor etdi.
So‘ngra badiiy chiqishlarga navbat berilib, ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
Yakunda tadbirda faol ishtirok etgan barcha yoshlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.



Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.

