Samarqand davlat universiteti xalqaro ta’lim dasturlari fakulteti tabiiy va aniq fanlar kafedrasining professor-o’qituvchilari Shimoliy Kavkaz Federal universiteti tomonidan tashkillashtirilgan “Neft-gaz sanoatida innovatsion texnologiyalar, barqaror rivojlanish muammolari” II Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etdi. Anjumanda professor Akmal Axatov boshchiligidagi  o‘qituvchilar “Osiyo mintaqasida atrof muhitni ekologik monitoring qilishni loyihalash metodikalari” mavzusida ma’ruzalari bilan qatnashdi.

    Konferensiyaning asosiy maqsadi xalqaro ilmiy bilim almashish darajasini oshirish, mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, ilmiy tadqiqot yo'nalishlarini aniqlash, muhandislik ta’lim maqomini oshirish. Bunda MDH va bir qator xorijiy mamlakatlarining yetuk olimlari ishtirok etdi. Onlayn ZOOM platformasi orqali mashinasozlik, dinamik jarayonlar, real mexanik tizimlar, matematik modellashtirish, algoritmlash va hisoblash texnologiyalarining yutuqlari va dolzarb muammolari haqida o’z taqdimotlari orqali fikr almashishdi.

    Seminar davomida Samarqand davlat universiteti va Shimoliy Kavkaz Federal universiteti geografiya yo’nalishida “1+1” qo’shma dasturida tahsil olayotgan magistrlar uchun uslubiy qo’llanmalar, maqolalar chop etish va konferensiyalarni tashkil etishga kelishib olindi.

    Ma’lumot uchun ushbu onlayn konferensiya “Ilm-fan 2021” milliy rivojlanish dasturi doirasida bajarilgan ishlarning bir namoyondasidir.

Bunyod Eshtemirov
Samarqand davlat universiteti
xalqaro ta’lim dasturlari fakulteti o‘qituvchisi