Samarqand davlat universiteti va Fransiya oliy ta’lim tizimi hamkorlik masalalari muhokama etildi
Universitetimizga Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi ta’lim hamkorligi bo‘yicha attashesi Serj Bellini tashrif buyurdi.
Samarqand davlat universiteti agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti dekani Toshpo‘lot Rajabov bilan o‘tkazilgan muzokarada universitetimizda “Kampus Frans” bo‘limini ochish masalasi muhokama etildi.
Serj Bellini Samarqand davlat universiteti nafaqat O‘zbekiston, balki Osiyoda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan universitetlardan biri ekanligini ta’kidlab, o‘zaro hamkorlik ikki taraf uchun ham manfaatli bo‘lishini aytib o‘tdi.
Shuningdek, universitetimizning fransuz tili o‘qituvchilari va talabalar bilan davra suhbati tashkil etilib, bugungi kunda ta’lim tizimida olib borilayotgan o‘zgarishlar yuzasidan fikrlar almashildi.
Yakunda, nufuzli mehmonlarga universitetimizning tarixiy ko‘rinishlari aks etgan esdalik sovg‘alari topshirildi.





Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.
Shavkat Akramov olgan suratlar.

