- Quyosh nurlarini berkitib bo‘lmaganidek, haqiqatning chirog‘ini ham so‘ndirib bo‘lmaydi.

- O‘qi, ilmli bo‘l, yoki ilmga tayanib ish tutadigan bo‘l, loaqal ilmni tinglab eshitadigan bo‘l, ammo to‘rtinchi bo‘lma, chunki kasodga uchrab halok bo‘lasan.

- Garchand uzoq umr ko‘rgan bo‘lsalarda, ko‘p odamlar g‘o‘r va tajribasizdir.

- Ko‘picha til bilan yetkazilgan jarohat qilich bilan yetkazilgan jarohadan og‘irroqdir.

- O‘zini saxiy, mard va himmati baland ko‘rsatib, aslida xoru zor, haqir va qadri tuban bo‘lgan odamlardan qo‘rq, toki bir kun o‘zlarining xasisliklari birla ongsizlikdan mard odamni tuzoqlariga tushirgaylar.

- Halol-pokiza kishi doimo xotirjamu tinchlikdadir, yuirovga xiyonatu yomonlik qiladigan kishi esa halokatga giriftordir.

 

Mahmud az-Zamaxshariy