Samarqandda viloyat Ijtimoiy ish maktabi assotsiatsiyasi ish boshladi. Shu munosabat bilan ijtimoiy ishga o‘qitishni professionallashtirishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

    Seminarda Samarqand davlat universiteti professor-o‘qituvchilari, xalqaro ekspertlar va soha vakillari ishtirok etdi.

    Ushbu assotsiatsiya aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimida “ijtimoiy ish xodimi” maqomini mustahkamlashga ko‘maklashish, ijtimoiy ish bo‘yicha ta’lim standartlarini rivojlantirish, assotsiatsiya a’zolarini xorijiy oliy o‘quv yurtlari va ilmiy muassasalarga o‘qish, malaka oshirish uchun yuborishni o‘z oldiga maqsad qilib olgan.

Samarqand davlat universiteti 
Axborot xizmati.
Shavkat Akramov olgan suratlar.