Samarqand davlat universiteti agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi fakultetida futbol sport turi bo‘yicha “Dekan kubogi” bo‘lib o‘tdi. Musoboqada 9 jamoa jismoniy tayyorgarliklarini sinovdan o‘tkazishdi. Finalda fakultetning 202-guruh talabalari g‘oliblikni qo‘lga kiritib, “Dekan kubogi”ga sazovor bo‘ldi.  

    - Bu kabi bir qator sport musoboqalarning o‘tkazilishi, ham jismoniy, ham ruhiy tayyorgarligimizni yanada oshirishga xizmat qiladi - deydi talaba No‘mon Jumayev. – Qolaversa, bu tadbirlarning tez-tez bo‘lishiga talabalarning o‘zlari xayrihohdirlar. Bo‘sh vaqtimizni mazmunli o‘tishi uchun Samarqand davlat universitetida barcha sharoitlar yaratilgan. Biz esa bundan mamnunmiz.

    Musoboqa so‘ngida ishtirokchilar esdalik sovg‘a va diplomlar bilan taqdirlandi.

Behruz SHAMSIDDINOV
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati xodimi
Shavkat Akramov olgan suratlar