- Modomiki, donolarcha javob berishni xohlar ekansan – donolarcha savol ber.

- Kishi o‘zganing baxtidan baxt topsa, u haqiqiy yashagan hisoblanadi.

- Kim sabrli bo‘lsa - o‘sha haqdir.

- Agar kimdir yangilikdan so‘z ochsa, odamlar bor kuchi bilan unga qarshilik qiladi. Ular o‘zlarini bamisoli kar-soqovdek tutishadi, yangicha qarashga nafrat bilan munosabatda bo‘lishadi, shu tarzda yangi haqiqat o‘ziga yo‘l topishiga uzoq vaqt zarur bo‘ladi.

- Dadil fikrlar shashka o‘yinidagi oldingi qator donalari vazifasini bajaradi: ular halok bo‘lsa-da, g‘alabani ta’minlaydi.

- Bekor o‘tgan umr, bu – barvaqt o‘lim topshi demakdir.

- Har kuni aqalli bitta qo‘shiq eshitish, yaxshi rasm ko‘rish va iloj bo‘lsa, istagan bir hikmatli so‘zni o‘qib olish darkor.

- Odamlar senga moslashishini talab qilish – kechirib bo‘lmas ahmoqlik.

 

Iogann Volfgang Gyote