Konstitutsiyamizning 29 yilligi munosib nishonlandi
Samarqand davlat universitetida Konstitutsiyamizning 29 yilligi munosabati bilan bayram shodiyonalari bo‘lib o‘tdi. Ushbu tarixiy kun munosabati bilan yil davomida fidokorona mehnat faoliyati olib borgan 300 ga yaqin professor-o‘qituvchilar, 40 nafar faol va iqtidorli talabalar universitet rektori, Oliy Majlis Senati a’zosi, professor Rustam Xolmurodovning tegishli buyrug‘iga asosan pul mukofotlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Pul mukofotlarining sertifikatlari va esdalik sovg‘alarini universitet rektori nomidan o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Ahmadjon Soliyev, yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Zebiniso Rahmonova hamda universitet boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Shavkat Mahmatmurodovlar topshirdi.
Shuningdek, tadbirning badiiy qismiga navbat berilib, talabalar tomonidan tayyorlangan kuy-qo‘shiqlar ishtirokchilar kayfiyatiga yanada ko‘tarinkilik bag‘ishladi.












Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.
Shavkat Akramov olgan suratlar.

