Samarqand davlat universitetida viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Zebiniso Shodiyeva hamda universitetning bitiruvchi talabalari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

    Tadbirni universitet o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Ahmadjon Soliyev ochdi.

    Zebiniso Shodiyeva talabalarni ehtiyojga qarab ish bilan ta’minlash lozimligini, buning uchun tuman mutasaddilari ham uchrashuvga taklif etilganini aytib o‘tdi. Shuningdek, joriy o‘quv yilida 908 nafar Samarqand davlat universiteti bitiruvchi talabalari xalq ta’limi sohasiga ishga olinganini aytib o‘tdi.

    Xususan, hozirda birgina Samarqand shahrida 104 nafar, Urgut tumanida 116, Pastdarg‘om tumanida 107 nafar universitet talabalari  mehnat faoliyati olib bormoqda.

    Davra suhbatida qaysi tumanlar uchun qanday mutaxassis kerakligi haqida ma’lumot berildi.

    Psixologiya va ijtimoiy munosabatlar fakulteti talabasi Ramzjon Raupov ham  o‘z tumanida joylashgan maktabda psixolog yo‘qligi haqida murojaat qildi. Boshqarma boshlig‘i bu murojaatni ijobiy hal etishga so‘z berdi.

    Shuningdek, kelgusida tuman bo‘limlari boshliqlari ham mutaxassislar ehtiyojiga ko‘ra talabalar bilan uchrashib, ish taklif etish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

    Ularni dastlabki kurslardan professional pedagog etib tarbiyalash yuzasidan fikrlar almashildi.      

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.

Shavkat Akramov olgan suratlar.