O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi - baxtimiz poydevori
Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy munosabatlar fakultetida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi - baxtimiz poydevori” mavzusida tadbir bo’lib o’tdi. Uni fakultet dekani, professor Shahzoda Negmatova ochib, barcha ishtirokchilarni bayram munosabati bilan tabrikladi.
- O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasidir, - deydi SamDU psixologiya va ijtimoiy munosabatlar fakulteti dotsenti, Olmos Tursunova. – Bugungi kungacha konstitutsiyamiz asosida barcha jabhalarda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ta’lim, iqtisod, siyosiy va harbiy salohiyatimiz yuksalib, fuqarolarimizning tafakkuri tobora o‘sib bormoqda.
Shuningdek, tadbir davomida fakultet talabalari tomonidan tayyorlangan film namoyish etilib, mavzuga oid qiziqarli sahna ko’rinishlari namoyish etishdi.







Behruz SHAMSIDDINOV
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati xodimi.
Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.

