O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat Boshqaruvi akademiyasi Samarqand viloyat bo‘limida “Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida hududiy sanoat ishlab chiqarishini rivojlantirish strategiyasi” mavzusida ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi. Anjuman Samarqand davlat universiteti tarmoqlar iqtisodiyoti kafedrasining ilmiy tadqiqot ishi mavzusi bilan bog‘liq.

    Ilmiy seminarda ma’ruzachilar hozirgi davrda Samarqandda faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari holatini tahlil qilib, ushbu tarmoqni raqamlashtirish, mahalliylashtirish, qayta ishlashni takomillashtirish, innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqarish muammolari va istiqbollari bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.      

    SamDU Inson resurslarini boshqarish fakulteti professorlari ushbu mavzu yuzasidan kafedraning ilmiy ishi bilan bog‘liqligi va uning dolzarbligi to‘g‘risida alohida to‘xtalib o‘tdi.

 Magistratura bo‘limi boshlig‘i Nigora Nizomova so‘zga chiqib, hozirgi davr magistrlari zamon talabiga javob bera oladigan darajadagi mutaxassislar bo‘lib yetishida bunday ilmiy seminarlarning ahamiyati va roli katta ekanligini ta’kidladi.

Behruz SHAMSIDDINOV
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati xodimi
Shavkat AKRAMOV olgan suratlar