Savol:

    Men oxirgi paytda tez-tez cho‘chiydigan bo‘lganman. Hattoki, tushlarimda ham qo‘rqib chiqyabman. Bu esa meni dahshatga solmoqda. Qanday qilib bu holatdan chiqsam bo‘ladi?

    Anonim

Javob:

    Dunyo olimlari tomonidan oʻtkazilgan qator tadqiqotlar natijasi maʼlum qilishicha, inson zotini tinimsiz bezovta qilib turuvchi 100 dan ortiq qoʻrquv turlari mavjud ekan. Garchi bu qoʻrquvlar keng tarqalgan va hatto alohida tadqiqotlar oʻtkazilishi uchun sababga aylangan boʻlsa-da, hammasi jamlanib faqat ikki turga boʻlinar ekan. Yaʼni ASOSLI va ASOSSIZ.

    Asosli turini, mutaxassislar inson uchun zarur va hatto uning hayoti uchun muhim deb tan olishsa, asossizi esa chinakamiga insonning ham maʼnaviy, ham jismoniy tugashiga sabab boʻladi. Birinchi o‘rinda sizni qanday qo‘rquv bezovta qilymoqda, shuni aniqlash lozim. Bunda albatta siz bilan suhbat qilish juda o‘rinli bo‘ladi. Agar asossiz qo‘rquvlar bo‘ladigan bo‘lsa, maslahatim qo‘rquvingizning yuziga tik boqing! Agar sizda gallutsinatsiya ya’ni ko‘zingizga har qanday odamlar, hayvonlar, noma’lum narsalar  yoki ovozlar eshitilib ko‘rinayotgan bo‘lsa, unda zudlik bilan psixologga murojaat qiling.

Dildora Sulaymonova
Samarqand davlat universiteti
Psixologiya nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o‘qituvchisi