O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – islohotlarning muhim poydevori …
Samarqand davlat universiteti yuridik fakultetida “Konstitutsiya-qonun poydevori” mavzusida tadbir bo’lib o’tdi. Ma’naviy-ma’rifiy kechani fakultet dekani, dotsent Rahmatullo Mirzayev ochib berib, konstitutsiyaning tarixi haqida ma'lumot berib, o'z fikr va mulohazalarini bildirdi.
- O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – islohotlarning muhim poydevori. Asosiy qonunimizda belgilab qo‘yilgan qoida va tamoyillar hayotimizni yanada osoyishta va farovon etishga xizmat qilmoqda, – deydi SamDU dotsenti Rahmatullo Mirzayev. – Mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etishda, qonun ustuvorligini ta’minlashda Konstitutsiyamizning o‘rni va ahamiyati beqiyos. Barchaga O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29 yilligi muborak bo’lsin!
Shuningdek, tadbir davomida talabalar tomonidan ijro etilgan badiiy chiqishlar, kuy-qo'shiqlar tomoshabinlarni xushnud qildi.









Behruz Shamsiddinov
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati xodimi
Shavkat Akramov olgan suratlar.

