Psixolog yordami
Savol:
Men o‘zimda xotirjamlikni shakllantirish uchun, ko‘p usullardan foydalandim. Yolg‘iz sayr qildim, meditatasiya qildim va do‘stlarim bilan sayohatga chiqdim. Lekin men xotirjam bo‘lolmayabman. Iltimos hayotiy misollar asosida aniqroq qilib javob bersangiz?
anonim
Javob:
Assalomu aleykum, xurmatli murojaatchi siz tasvirlayotgan xolat siz o‘ylagandan ko‘ra ancha chuqurroq bo‘lishimi mumkin. Ya’ni sizda emotsional toliqish sindromi bo‘lishi mumkin. Ilk bor bu holatni 1974 yilda psixatriya bo‘yicha mutaxassis G. Fredenberg aniqlagan. Uning fikricha emotsional toliqish sindromining alomatlari doimiy toliqishni his qilish, sog‘likdagi muammolar, tez g‘azablanish, uyqudagi muammolar, yon atrofdagilarga salbiy munosabatda bo‘lish, ishdagi yoki o‘qishdagi ish faoliyatining susayishi, doimiy xavotir hissi, xotirjamlikning yo‘qolishi. Agarda sizda mana shunday alomatlar kuzatilayotgan bo‘lsa, demak sizda emotsional toliqish sindromi bo‘lishi mumkin. Bunday xolat sizda birdaniga paydo bo‘lib qolmagan, balki yillar davomida shakllangan. E’tiborsiz qoldirilgan ehtiyojlar, doimiy stress xolati, yashash yoki ish joyingizdagi nosog‘lom psixologik muhit, sizga nisbatan doimiy ravishdagi nohaqliklar ham sabab bo‘ladi. Bu uzoq yillar davomidagi ruhiy jarayon bo‘lib, bu holatdan bir hafta yoki bir oyni ichida chiqib bo‘lmaydi, balki yillar ketishi mumkin. Sizdagi holat yig‘ilib yillar davomida to‘plangan bo‘lsa, bundan qutilish uchun ham ba’zida yillar ketishi mumkin. Sizga tavsiyam bir oyda bir marta o‘zingiz uchun biron yangi kiyimmi buyummi sotib oling. Bu o‘zingizga bo‘lgan ishonchni ko‘taradi, sizga yoqimli bo‘lgan insonlar bilan suhbatlashing. O‘z ehtiyojlaringizni ya’ni ham psixologik ham fiziologik ehtiyojlaringizni qondiring. Ilmli, salohiyatli insonlar bilan suhbatlashing, kimgadir yaxshilik qilish ham sizning ruhiyatingizga ozuqa bo‘ladi va ichki xotirjamlik his etasiz. Bundan tashqari sizni bezovta qilayotgan o‘y fikrlar hamda muammolarni bartaraf eting. Agarda ushbu holatlardan keyin ham sizda yuqoridagi muammolar kuzatilsa, bizga murojaat qiling, biz sizga yordam berishga doimo tayyormiz.
Dildora Sulaymanova
Samarqand davlat universiteti
Psixologiya nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o‘qituvchisi

