Tyutorlar faoliyati: Ijara turuvchi talabalarning yashash sharoitlari o‘rganilmoqda
Samarqand davlat universiteti talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘limi bosh mutaxassisi Musurmon Xotamov, geografiya va ekologiya fakulteti tyutori Feruddin Turexanovlar ijarada yashovchi talabalarning yashash sharoitlarini o‘rgandi.
Geografiya va ekologiya fakulteti talabalari Go‘zal Olimboeva, Mohiniso Murodullaeva, Nozima Mamatovalar Go‘ri Amir mahallasi, M.Umarov ko‘chasida istiqomat qiladi. Talabalarning yashash sharoitlari o‘rganilib, qish mavsumida is gazi va isitish moslamalaridan foydalanishda ehtiyotkorlik yuzasidan kerakli maslahatlar berildi.
Talabalarning o‘qishi, bilim olishi, qiziqishlari yuzasidan fikrlar almashildi.







Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.
Shavkat Akramov olgan suratlar.

