Samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi tomonidan 3-dekabr “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan 5-sonli talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi yoshlar bilan davra suhbati tashkil etildi.

    Tadbirni fakultet maslahat kengashi raisi Rohila Suvonova kirish so‘z bilan ochib, so‘nggi yillarda talabalar uchun yaratilayotgan ko‘plab imkoniyatlarga to‘xtalib o‘tdi. Xususan, Samarqand davlat universitetida talabalar uchun joriy etilayotgan stipendiyalar haqida ma’lumot berdi.

    Shuningdek, davra suhbatida faol ishtirok etgan talabalar esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.

Samarqand davlat universiteti 
Axborot xizmati.
Shavkat Akramov olgan suratlar.