Talabalar konstitutsiyaga bag’ishlangan tarixiy sahna ko’rinishlari namoyish etdi.  Shuningdek, konstitutsiya haqida turli fikr-mulohazalar almashdilar.

    - Konstitutsiya davlatning muhim ramzlaridan biri. U davlatning mustaqilligini asoslovchi omildir, - deydi Samarqand davlat universiteti O‘zbekiston tarixi kafedrasi mudiri, dotsent Go‘zal Normurodova. - Konstitutsiya – baxtimiz kafolati, hayotimizning muhim mezoni hisoblanadi. Bizning faoliyatimizni muvofiqlashtiruvchi barcha qonunlar borki, konstitutsiyadan kelib chiqib belgilanadi, qabul qilinadi. 

Behruz Shamsiddinov, 
Samarqand davlat universiteti 
Axborot xizmati xodimi.
Shavkat Akramov olgan suratlar.