Qadim xalqlarimizni uzoq yillar davomida madaniy, savdo va iqtisodiy jihatdan bog‘lab kelgan Buyuk Ipak yo‘li miloddan avvalgi ikkinchi asrda vujudga kelgan.

    Ushbu yo‘l xalqlar o‘rtasidagi eng muhim savdo yo‘li bo‘lganligi uchun muhim va ahamiyatli hisoblangan. Ona shahrimiz Samarqand yo‘lning eng muhim chorrahalaridan biridir.

    Samarqand davlat universiteti san’atshunoslik fakulteti talabasi Nosir Tagirov tomonidan “Qayta tiklangan karvon” loyihasi universitet rektori, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

    - Ushbu karvonimizda 12 tuya mavjud bo‘lib, Buyuk Ipak yo‘lida joylashgan 12 eng muhim mamlakatlarning manzaralari aks ettirilgan. Har bir tuyaga 4 tadan rasm joylangan bo‘lib, bunda o‘sha davlatlarning madaniyatini, urf-odatlari va o‘sha davrdan qolgan qadimiy joylarini aks ettirishga harakat qilganmiz.

    Ma’lumot uchun, ushbu “Qayta tiklangan karvon” universitet bosh binosida joylashgan bo‘lib, nufuzli mehmonlar o‘z tashriflarini uni ko‘zdan kechirishdan boshlaydilar.

Otabek Sa’dullayev, 
Samarqand davlat universiteti 
Axborot xizmati xodimi.
Shavkat Akramov olgan suratlar.