Ota-ona fikri: “Farzandim oliy ta'limda tahsil olishni boshlagandan keyin uning ilmiy salohiyati, dunyoqarashi avvalgiga nisbatan kengaygan”
Samarqand davlat universiteti maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti talabalarining ota-onalari uchun davra suhbati bo’lib o’tdi. Tadbirni fakultet dekani, dotsent Sirojiddin O‘roqov ochib berdi. Ota-onalarga, universitet hayoti, baholash tizimi, yaratilgan imkoniyatlar bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.
- Farzandim hozir ikkinchi bosqichda o’qiydi. Samarqand davlat universitetidagi yaratilgan barcha sharoitlardan mamnunmiz, - deydi talabaning otasi Baxtiyor Rabbimov. – Farzandim oliy ta'limda tahsil olishni boshlagandan keyin uning ilmiy salohiyati, dunyoqarashi avvalgiga nisbatan kengaygan. Bu albatta uning ta’lim olayotgan muhitiga bog’liq. Meni yanada quvontirgani shundaki, tyutorlik lavozimining joriy etilgani. Biz ota-onalar farzandlarimizning o’qishi va yaratib berilgan sharoitlaridan ko’nglimiz to'q.









Behruz SHAMSIDDINOV
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati xodimi
Shavkat AKRAMOV olgan suratlar

