Samarqand davlat universiteti fizika fakultetida “Konstitutsiya-baxtmiz qomusi” va “Korrupsiya taraqiyot dushmani” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi. Yig’ilishda fakultet dekani, Ichki Ishlar xodimi, SamDU korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i ma’ruzalari bilan qatnashdi.

    - Yoshlarning huquqiy bilimini boyitish, siyosiy salohiyatini yuksaltirish demokratik jamiyat barpo etishning muhim shartidir, - deydi fizika fakulteti dekani, dotsent Rustam Rajabov. - Yuksak huquqiy madaniyat inson barkamolligining eng muhim jihati sanaladi. Huquqiy madaniyatni shakllantirishda ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan mashg‘ulotlar, ochiq dars va tadbirlar muhim ahamiyat kasb etadi.

    - Korrupsiyaga qarshi kurashda xalqaro birdamlik va hamkorlikni ta`minlash davr talabiga aylanmoqda, - deydi SamDU korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i Ro’ziqul Abriyev. -  Korrupsiya iqtisodiy o’sishga va ommaviy farovonlikni oshirishga to’sqinlik qiluvchi kuch sanaladi. Shuning uchun unga qarshi kurashmasdan turib, jadal iqtisodiy o’sishni va ijtimoiy muammolarning samarali yechimini ta`minlab bo’lmaydi.

Behruz Shamsiddinov
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati xodimi
Shavkat Akramov olgan suratlar