Samarqand davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, adabiyotshunos olim Umarali Normatovning 90 yilligi munosabati “Mashhur adabiyotshunos olim va yetuk munaqqid” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.

    Tadbirni SamDU filologiya fakulteti dekani, professor Azamat Pardaev ochdi.

    Viloyat ma’naviyat va ma’rifat markazi, Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur tadbirda hukumatimiz tomonidan milliy adabiyotimizni keng targ‘ib qilish, uning rivojiga hissa qo‘shgan adiblar hayoti va ijodini chuqur o‘rganish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida ma’lumot berildi.

    Xususan, tadbirda so‘z olganlar shoir hayoti va ijodidagi yutuqlari, olib borgan ilmiy izlanishlari e’tirof etdi.         

Shuningdek, tadbirda talabalar tomonidan shoir ijodidan tayyorlangan badiiy chiqishlar ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.

Shavkat Akramov olgan suratlar.