Samarqand davlat universiteti olimpiadasi oʻtkaziladi
Samarqand davlat universiteti hamda OʻzRFA V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti Samarqand boʻlinmasi bilan hamkorlikda joriy yilning 17,18-dekabr sanalarida matematika fanidan universitet olimpiadasi oʻtkaziladi. Bunda SamDUning 1-3 bosqich talabalari ishtirok etishlari mumkin. G‘olib bo‘lgan talabalar moddiy va ma’naviy rag‘batlantiriladi.
Olimpiada ikki bosqichda ya’ni test va yozma ish shaklida o‘tkaziladi. Birinchi bosqichda to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori ballning kamida 55 foizini to‘plagan talabalar ikkinchi bosqichida ishtirok etadi.
Quyidagi havola orqali ro’yxatdan o’tishingiz mumkin: https://forms.gle/AsUd1s5R5MbG9naa7
Bu haqida batafsil ma’lumot olish uchun Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limiga murojaat qiling.
Behruz Shamsiddinov
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati xodimi

