Davra suhbati: “OITS va giyohvandlikka qarshi kurashish – davr talabi” …
Samarqand davlat universiteti yuridik fakultetida “OITS va giyohvandlikka qarshi kurashish – davr talabi” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi. Yig‘ilishda IIB xodimlari Fatxulla Asqarov, Aziz Haydarov, OITSga qarshi kurash markazi xodimlari Yashin Ravshanov hamda Dildora Axmedovalar o’zlarining ma’ruzalari bilan qatnashdi.
- Butun jahonda millionlab insonlarning umriga zomin bo‘layotgan, iqtisodiyotga katta zarar yetkazayotgan OIV infeksiyasi o‘zining oqibatlari bilan insoniyatning eng dolzarb muammosi bo‘lib qolmoqda, - deydi Yashin Ravshanov. - OIV infeksiyasi – odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan surunkali yuqumli kasallikdir. Bu virus bemor odam organizmida hayoti davomida saqlanib qoladi. Infeksiyani yuqtirib olgan shaxslar o‘zlari bilmagan holda kasallikni boshqalarga yuqtirib yurishlari mumkin. Barchamiz sog’ligimizga befarq bo’lmagan holda, kasallikdan saqlanish qoidalariga qat’iy rioya qilishimiz kerak.
- Giyohvandlikka qarshi kurash borasidagi masalaga davlat miqyosida katta e’tibor qaratilganini hech kimga sir emas, - deydi Ichki Ishlar xodimi Fatxulla Asqarov. - Narkomaniyaga qarshi kurashning mustahkam huquqiy bazasi yaratilganini, xavf-xatarni bartaraf etish maqsadida keng jamoatchilikning faolligiga tayanilayotganini alohida e’tirof etish zarur. Ayniqsa, mustaqillik yillarida ushbu illatga qarshi kurash chora-tadbirlari bir necha bor kuchaytirilganligini alohida ta’kidlash joiz.

Sardor Quvvatov
Samarqand davlat universiteti
yuridik fakulteti yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o'rinbosari

