Davra suhbati: OITSga qarshimiz
Samarqand davlat universiteti biologiya fakultetida OITSga qarshimiz mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi. Yig’ilishda Samarqand viloyat SPID markazi laboratoriya bo‘limi shifokori Jahongir Shirinboyev hamda biologiya fakulteti professor-o’qituvchilari o’zlarining ma’ruzalari bilan qatnashdi.
- OIV– odam organizmidagi immunitet tanqisligini keltirib chiqaruvchi virus. OIV infeksiyasi esa– odamning immunitet tanqisligi virusi yuqganligi oqibatida kelib chiqadigan surunkali yuqumli kasallik, - deydi shifokor Jahongir Shirinboyev. - OIV bilan zararlangan shaxsda tashqi ko‘rinishdan kasalligi sezilmaydi. Inson o‘zini sog‘lom his etadi, kasallik belgilari namoyon bo‘lmaydi. Kasallikning yashirin davri 3–6 oydan 10 yil va undan ham ko‘proq davom etishi mumkin. Kasallik virusining manbai bemor va odam immuniteti tanqisligi virusini tashib yuruvchi shaxslar hisoblanadi.
Shuningdek tadbir davomida talabalarga mavzuga doir film namoyish etilib, kasallikdan saqlanish tog’risidagi alohida ko’rsatmalar berildi.





Behruz Shamsiddinov
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati xodimi
Shavkat Akramov olgan suratlar.

