Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy munosabatlar fakulteti talabasi, “Kelajak liderlari” klubi a'zosi Xurshida Rahmonova klub tomonidan tashkil etilgan "Siyosiy nonushta" loyihasida ishtirok etdi. Ushbu loyiha ko'p yillik tajribaga ega bo'lgan Ishtixon tuman hokimi Shuhrat Negmatov bilan bo'lib o'tdi.

    Shuhrat Xudoyberdiyevich o'zining ko'p yillik faoliyati haqida so’zlar ekan, Samarqand davlat  universitetida ta’lim olgan vaqtlarini alohida e’tirof etdi. Ushbu maskanning hozirgi kunda ham zamonaviy va yetuk kadrlar yetishtirib berayotganini alohida ta’kidladi. Shuningdek, faoliyati davomida duch kelgan qiyinchiliklari, mavjud to'siqlar va ularni yengib o'tish haqida o'zining tavsiyalarini berib o'tdi. Shuningdek liderlarga ilm yagona natoj ekanligi, bilim olishdan erinmaslik kerakligiga to'xtalib o'tdi.

    Suhbat samimiy ruhda bo'ldi. Yakunda tomonlar o'zaro esdalik sovg'alari almashdilar.