Samarqand davlat universiteti matematika fakulmteti talabalari uchun Shimoliy Kavkaz federal universiteti bilan hamkorlikda ilmiy seminar tashkil etildi.

    Seminar “Kasrli differensial tenglamalar va ularni yechishning son usullari” va “Tarqalgan muhitlarda shifrlangan ma’lumotlarni qayta ishlashning matematik modeli, usullari va algoritmlari” mavzularida bo‘lib o‘tdi.

    - Ushbu seminar talabalarimiz uchun foydali bo‘lmoqda, - deydi matematika fakulteti dekani Haydar Ro‘zimurodov. – Universitetimizning xalqaro hamkorlik sohasida olib borayotgan manfaatli aloqalari tahsinga sazovor. Biz bugun birgalikda turli munozaralar uyushtirdik, aniq fanlar yo‘nalishida ta’lim berish kabi mavzularda fikr almashdik. Bu, ayniqsa, talabalarimiz uchun foydalidir.

Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati
Shavkat Akramov olgan suratlar.