Davra suhbati: “Zo‘ravonlikka qarshimiz” …
Samarqand davlat universiteti geografiya va ekologiya fakultetida “Zo‘ravonlikka qarshimiz” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Samarqand shahar IIB, SamDU mutasaddi vakillari qatnashdi.
- Bugungi kunda jamiyatimizda uchrab turayotgan bir noxush holat borki, uni bartaraf etishda barchamiz birlashishimiz lozim, - deydi Samarqand shahar IIB podpolkovnigi Zarifa Sharopova. - Bu ham bo‘lsa, xotin-qizlarning zo‘ravonlik va tazyiqqa uchrashishini oldini olish. Davlatimiz rahbarining shaxsiy tashabbuslari bilan so‘ngi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bir qator islohotlari amalga oshirildi.
Shuningdek, tadbir so’ngida mavzuga doir savol javoblar hamda film namoyish etildi.






Behruz Shamsiddinov
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati xodimi
Shavkat Akramov olgan suratlar

