Mahorat darsi: Tushkun kayfiyatdan chiqish
Biz oldingi sahifalarimizda tushkun kayfiyat haqida gaplashgan edik. Endi tushkun kayfiyatdan xalos bo‘lishni o‘rganamiz.
Tushkun kayfiyatdan chiqish uchun...
Tabassum qiling. Bugun o‘zingizni va kimnidir xursand qilish uchun shunchaki tabassum qiling. Bu sizning hayotingizni energiya va iliqlik bilan to‘ldiradi.
Hech bo‘lmaganda ozgina mehr bilan hamma narsaga qarang. Biz yuramiz va qoqilamiz. Bu har doim sodir bo‘ladi va hech narsa qilish mumkin emas. Yig‘lamang, o‘zingizni qo‘lga oling, tabassum qiling, yo‘lingizda davom eting. Hatto eng qora tun ham o‘z nihoyasiga yetadi va tong otadi. Asosiysi, uni kutish kerak.
Qilgan ishlaringizdan rohatlaning. Har kuni qiladigan ishingizni seving, aks holda sizning hayotingiz rangsiz bo‘lib qoladi. Faqat xursand qiladigan ishni qiling. Siz qilayotgan ishingizni ishtiyoqsiz bajarsangiz, hattoki katta pul keltiradigan bo‘lsa ham hayotingiz oxir- oqibat bo‘shliq bilan to‘ldiriladi.
Ko‘zguga qarang va qarshingizdagi odamni qanchalik yaxshi ko‘rishingizni ayting. O‘zingizni kimligingiz uchun seving. Ko‘zgudagi insonga tabassum qiling va u sizga yana tabassum qiladi.
O‘z istaklaringizga “ha” deb ayting. Zerikish va xiralik....O‘z istaklaringiz uchun qadam tashlashni boshlang va dunyo sizga kulib boqadi.
Sitora Ummatova
Psixologiya va ijtimoiy munosabatlar fakulteti,
Umumiy psixologiya kafedra o‘qituvchisi

