Samarqand davlat universiteti rektori, Oliy Majlis Senati a’zosi, professor Rustam Xolmurodov uy sharoitida yakka tartibda ta’lim oluvchi maktab o‘quvchilari holidan xabar oldi.

    Shohruz Ismatov 30-maktabning 1-sinf o‘quvchisi. U Daun sindromiga qarshi kurashish bilan birga ta’lim olish uchun harakat qilmoqda. Rustam Xolmurodov Shohruz bilan suhbatlashar ekan, uning o‘qishlariga omad va yuksak marralar tiladi.

    Ushbu maktabning 2-sinf o‘quvchisi Savlatbek ham kitob mutolaasiga, xususan matematika va adabiyot fanlariga qiziqadi.

    Rustam Xolmurodov Savlatbekning orzulari haqida so‘radi.

    - Men katta bo‘lsam olim bo‘lmoqchiman. Matematika fanini yaxshi ko‘raman. Siz bilan ko‘rishganimdan quvondim. Endi yanada yaxshiroq o‘qiyman. Xudo xohlasa tuzalib, Samarqand davlat universitetiga o‘qishga kirmoqchiman, - deydi Savlatbek Ismatov.

    Rustam Xolmurodov Savlatbekka omad va sog‘lik tiladi.

Otabek Sa’dullayev,
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati xodimi.
Shavkat Akramov olgan suratlar.