Samarqand davlat universiteti Yoshlar yetakchisi Allayor Norboev 7 sonli talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi yoshlar bilan suhbatlashdi. Ularning yashash sharoitlari, fikrlari, o‘qish jarayonlari bilan qiziqdi.

    - Yotoqxonamizda barcha sharoitlar mavjud, - deydi filologiya fakulteti talabalasi Orzigul Bekmuradova. – Bu yer bizning ikkinchi uyimiz. Doim saranjom. Oshxonalar, kir yuvish mashinalari, isitish tizimi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Yotoqxonamizda bayram kayfiyati hukmron. Biz talabalar uchun mana shunday qulay imkoniyatlar yaratib berayotgan universitetimiz rektoriga alohida minnatdorlik bildiraman.

    Shuningdek, talabalarga universitet hayotida faol bo‘lish, ilmiy va publitsistik maqolalar yozish va matbuotda e’lon qilio‘ yuzasidan ma’lumotlar berildi.

Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.
Shavkat Akramov olgan suratlar.