Davra suhbati
Samarqand davlat universiteti raqamli texnologiyalar fakultetida yong’in bilan bog’liq bo’lgan favqulodda vaziyatlarni oldini olish bo’yicha davra suhbati bo’lib o’tdi. Seminarda Samarqand viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, SamDU Fuqorolar himoyasi va mehnat muhofazasi bo‘limi mutaxassislari ishtirok etdi.
- Yong‘in xalq xo‘jaligiga moddiy zarar kеltiradi. Bir nеcha daqiqa yoki soat ichida juda katta miqdordagi xalq boyliklari yonib, kulga aylanadi, - deydi Samarqand viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari, mayor Umid Ahrorov. – Yong‘in vaqtida ajralib chiqadigan tutun, karbonat angidrid va boshqa zararli hid hamda gazlar atmosfеraga ko‘tarilib, havoning tarkibini buzadi. Bundan tashqari, kishilarning jarohatlanishiga, hatto o‘limiga sabab bo‘ladi. Bularning hammasi, yong‘inga qarshi kurash tadbirlari va ishlarning xavfsiz bajarish usullarini mеhnat muhofazasi bilan birgalikda o‘rganishni taqozo qiladi.









Behruz Shamsiddinov
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati xodimi.
Shavkat Akramov olgan suratlar.

