Samarqand davlat universiteti matematika fakulteti talabalari o‘rtasida sportning futbol turidan musobaqa bo‘lib o‘tdi.

    Turnir intrigaga boy, ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

    Yakunda 209 guruh talabalarining “Lochin” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

    - Bugungi musobaqa juda ham qizg‘in ruhda o‘tdi, - deydi talaba Sohib Mahmudov. – Musobaqalarimiz yaxshi tashkillashtirilgan. Fakultetimizda tez-tez bunday musobaqalar tashkil etiladi. Biz kubokni qo‘lga kiritdik. To‘g‘risi, oxirgi o‘yinimiz juda hayajonli bo‘ldi.

Samarqand davlat universiteti 
Axborot xizmati.
Shavkat Akramov olgan suratlar.