Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy munosabatlar fakultetida  Zamonaviy psixologiyada miqdor va sifat tadqiqot metodlari  fanidan Psixologiya nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri Umida Bo’tayeva 1-bosqich magistrantlarga “Psixologik tadqiqotni rejalashtirish” mavzusida ochiq dars o‘tdi.

    Darsda o‘qituvchi tomonidan tayyorlangan taqdimot, savol-javoblar, qiziqarli bahs-munozaralar asosida zamonaviy texnologiyalardan foydalanildi.

    - Bugungi darsda biz psixologik tadqiqotlarni qanday rejalashtirish va unda nimlarga e’tibor qaratishimiz kerakligi haqidagi ilmiy ma’lumotlarga ega bo‘ldik, - deydi magistrant  Mehribon Nabiyeva. - Psixologik tadqiqot sxemasi va tadqiqot farazini ishlab chiqish bo‘yicha berilgan topshiriqlarni bajarish orqali mavzuni dolzarbligini aniqlash, maqsadni to‘g‘ri qo‘yish, bundan kelib chiqib tadqiqot vazifalarini belgilash, obyekt va predmetini tanlash hamda tadqiqot farazini ishlab chiqish borasida ko‘nikmalarga ega bo‘ldik.

Behruz Shamsiddinov
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati xodimi,
Shavkat Akramov olgan suratlar