Barchamizda iqtidor bor. Lekin baliqni daraxtga tirmashib chiqish qobiliyati bor-yo‘qligi masalasida muhokama qilsangiz, u o‘zini bir umr lapashang his etib o‘tadi.

* * *

    Tasavvur bilimdan ko‘ra ko‘proq ahamiyatga ega. Bilim biz hozir biladigan va tushunadigan narsalargagina tayanadi. Tasavvur esa butun olamni va biz qachonlardir tushunadigan, bilib oladigan narsalarni ham qamraydi.

* * *

    Bilimni o‘zlashtirish qobiliyatimdan ko‘ra fantaziya qobiliyatim men uchun qadrliroq.

* * *

    Odam yosh bo‘lgan payt­­da yolg‘izlik – azob, lekin kamolotga yeta borgani sari yolg‘izlikning ilhombaxsh kuchi ortadi.

* * *

    Agar bolalari­ngiz aqlli bo‘lishini istasangiz, ularga ertaklar o‘qib bering. Agar yanada aqlliroq bo‘lishlarini xohlasangiz, undan-da ko‘proq ertak o‘qib bering.

* * *

    Buyuk aqllar hamisha o‘rtacha aqllarning shiddatli qarshiligiga duch keladi. Chunki o‘rtacha aql egalari eskicha fikrlashdan yiroq, o‘z salohiyatidan mardona va halol foydalanadigan kishilarni qabul qila olmaydi.

* * *

    Muvaffaqiyatga erishish uchun emas, hayoting ma’no kasb etishi uchun intil. Odamning hayoti boshqalar hayotini qay darajada go‘zal va mazmunli etganiga qarab ahamiyatlidir.

* * *

    Buyuk shaxslar go‘zal nutqlar vositasida emas, o‘z mehnatlari va ularning natijalari orqali shakllanadi.

* * *

    Agar baxtli hayotga erishmoqchi bo‘lsangiz, odamlarga yoki narsalarga emas, maqsadlarga bog‘langan bo‘lishingiz kerak.

* * *

    Bizni ezgu o‘y va amallarga yo‘llovchi yagona vosita – buyuk va ma’naviy pokiza insonlar timsolidir. Odamga biror narsani o‘rgatishning yagona oqilona yo‘li – misol keltirishdir.

* * *

    Mantiq sizga A nuqtadan B nuqtaga borib olishingiz uchun yordam beradi. Tasavvur esa butun dunyoni kezishingiz uchun qanot bag‘ishlaydi.

* * *

    Shuhratim oshgani sari siyqalanib boryapman. Afsuski, bu – juda keng tarqalgan holat.

* * *

    Hech qachon xato qilmagan odam biror-bir yangi narsani hech qachon sinab  ko‘rmagan bo‘ladi.

 

Albert Enshteyn