Savollarga javoblar
Savol: Hozirgi paytda Farg'onada o'qiyapman. O'qishimni Samarqandga ko'chirmoqchiman. Yo'nalishim yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari (turlari bo'yicha). Lekin Samarqandda bu yo'nalish yo'q ekan. Boshqa turdosh yo'nalishga bo'lsa ham o'qishimni ko'chira olamanmi?
Javob: Murojaatchi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 22 iyundagi PQ-5157-sonli qarorining 7-qismi v) bandi bo‘yicha o‘qishingizni ko‘chirish uchun ariza berishingiz mumkin.
Mazkur qarorning v) bandida quyidagi tartib belgilangan:
v) talabalar o‘qishini O‘zbekiston Respublikasining bir hududida joylashgan davlat oliy ta’lim muassasasidan boshqa hududidagi davlat oliy ta’lim muassasasiga ko‘chirishda:
o‘qishni mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirishga uzrli sabablar mavjud bo‘lganda ruxsat etiladi. Bunda, o‘qishni ko‘chirish so‘ralayotgan hududda mos va turdosh ta’lim yo‘nalishi mavjud bo‘lmaganda, o‘qishni mazkur hududdagi oliy ta’lim muassasasining boshqa ta’lim yo‘nalishiga ko‘chirishga ruxsat etiladi;
talabaning respublika bir hududidan ikkinchi hududiga doimiy yashash uchun ko‘chib o‘tishi, turmush o‘rtog‘i yoki ota-onasining mehnat faoliyatini amalga oshirish joyi boshqa hududga o‘zgartirilishi, nikoh tuzgandan keyin turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududga ko‘chib o‘tishi uzrli sabablar etib tan olinadi;
talabalarning o‘qishini uzrli sabablar mavjud bo‘lmagan holatlarda, shuningdek, mos va turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirish o‘rnatilgan tartibda, tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun belgilangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdoriga teng bo‘lgan bir martalik to‘lov asosida amalga oshiriladi (mazkur kichik bandning ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan holatlar bundan mustasno);
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.

