Samarqand davlat universitetida shu mavzuda davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda Samarqand davlat universiteti yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Zebiniso Rahmonova, viloya Ichki ishlar boshqarmasi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi, viloyat Adliya boshqarmasi huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi xodimlari hamda faol talabalar ishtirok etdi.

    Tadbirni Zebiniso Rahmonova ochib berib, bugungi yurtimizda bu illatni yo‘qotish uchun olib borilayotgan sa’y-harakatlarni alohida ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, universitetimizda ham korrupsiyaning oldini olish maqsadida Talabalar bilimini baholash, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limlarining tashkil etilganligini e’tirof etdi.

    Tadbirda talabalar korrupsiyaning jamiyatga va davlatga zarari, uning bugungi kunda dolzarb  mavzu ekanligi yuzasidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdilar.

Samarqand davlat universiteti 
Axborot xizmati.  
Shavkat Akramov olgan suratlar.