XXI ASR VABOSI

Samarqand davlat universiteti raqamli texnologiyalar fakultetida “Hayotning har lahzasi go’zal – umrning har dami g’animat mavzusida” davra suhbati bo’lib o’tdi. Yig‘ilishda yo’l harakati qoidalari, giyohvandlik asr vabosi, xotin-qizlarni tazyiq va zo’ravonlikdan himoya qilish mavzusidagi muhokamalar bo’lib o’tdi.
OITS — bu XX asrning oxirida insoniyat olamida eng muhim va eng dahshatli voqea hisoblanadi. Hozirgi kunda esa XXI ASR VABOSI boʻlib qoldi, - deydi SamDU ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi mudiri, professor Ergash Qobilov. - Agarda biz tegishli chora-tadbirlar qoʻllamasak, ushbu masalada muammolarning chegarasi yoʻq. OITSga chalinayotganlar soni ortib borayotganini hisobga olib, har bir kishi bu masalada jon kuydirmogʻi darkor…
Shuningdek tadbir so’ngida yuqoridagi mavzular yuzasidan film namoyish etilib, talabalar o‘zlari qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.
Behruz SHAMSIDDINOV
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati xodimi
Shavkat AKRAMOV olgan suratlar