Tyutorlar faoliyati: Ijarada yashovchi talabalar holidan xabar olindi
Samarqand davlat universiteti matematika fakultetining ijarada istiqomat qiluvchi talabalarining yashash sharoilari o‘rganildi.
Universitet talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘limi bosh mutaxassisi Musurmon Xotamov, tyutorlar Shuhrat Tilavov va Jahongir Xasanovlar talabalarning muammolari, ularning qiziqish va fikrlari bilan qiziqdilar.
- Ijara uyimizda barcha sharoitlar mavjud. Tyutorlarimiz biz bilan tez-tez uchrashib, xabar olib turadi, - deydi talaba Sardor Rustamov. - Oldingi ijara xonadonimizda sharoitlar yetarli darajada emasdi. Tyutorlarimizning yordami bilan yaxshi imkoniyatlarga ega bo‘lgan uyga ko‘chdik. Universitetimiz tomonidan ijara haqining 50 foizi doimiy to‘lab kelinmoqda. Ushbu sharoit va imkoniyatlarni bizga yaratib berayotgan rektorimiz, professor, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodovga minnatdorlik bildiraman.
Shuningdek, talabalarning bilim olishi, badiiy adabiyotlar mutolaasi bilan mashg‘ul bo‘layotganligi to‘g‘risida fikrlar almashildi.





Samаrqand davlat universiteti
Axborot xizmati.
Shavkat Akramov olgan suratlar.

