Tonggi ruhiyat

- Ne’matning qadri u yo‘qolgandagina bilinadi.
- Bugunning chorasini ko‘rib, ertaga ehtiyoji qolmagan kishi aqllidir.
- Asalarilar ham o‘z jinsidan bo‘laturib, ishlamay, uyadagi asalni bekorga yeb yotadiganlarini o‘ldirib tashlaydilar.
- Minnat qilish berilgan ehsonni yo‘qqa chiqaradi.
- Yolg‘onchilikdan chetlanib, rostgo‘ylikka yopishgan kishini boshqa odam u yoqda tursin, yolg‘onchining o‘zi ham sevib maqtaydi.
- Haddan ortiq g‘azab vahshiylik keltiradi, bevaqt qilingan lutf obro‘ni ketkazadi.
- Hasad bilan g‘azab ikk qanot bo‘lib harakatga kelsa, toza va chiroyli hayotlarni xira va kuduratli qilib yuboradi.
- Yolg‘on doim rostdan yengiladi. U xuddi suv yuzasidagi ko‘pikdek yo‘q bo‘lib ketadi.
- Bilim takrorlash va qaytarish mevasidir.
- Bilimsiz kishilarning ko‘ngli xurofotga moyil bo‘ladi.

