Davra suhbati: OITS nima?
Samarqand davlat universiteti fizika fakultetida OITSga kurash bo‘yicha davra suhbati bo'lib o'tdi. Tadbirda Samarqand viloyati OITSga qarshi kurashish markazi mutasaddi vakillari o'zining ma’ruzalari bilan qatnashdi.
- OIV infeksiyasi – bu yuqumli kasallik bo'lib, uni odam immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradi, - deydi mutaxassis Sherzod Arziyev. – Bu virus organizmga tushganidan keyin immunitet tizimi hujayralariga zarar yetkazadi va OITSning rivojlanishiga olib keladi. OIV infeksiyasi bilan zararlanganlar- bu odam immunatanqisligi virusini yuqtirgan, tibbiy, psixologik, ijtimoiy yordamga, hamda do'stlari va qarindoshlarini ko'magiga muhtoj bo'lgan shaxsdir.
Tadbir davomida, kasallik yuqtirib olish va undan ehtiyot bo'lish yo'llari haqida alohida to'xtalib, talabalar o'zlarining qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
Behruz SHAMSIDDINOV
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati xodimi
Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.