Talaba fikri: “Tyutorlarimizning yordami sabab, qulay va sharoitlari yaxshi bo’lgan xonadonga joylashdim”

Samarqand davlat universiteti biologiya fakultetida 1300 ga yaqin talaba tahsil olmoqda. Shundan 300 nafari ijarada turadi. Bu talabalar doimiy ravishda tyutorlar tomonidan nazoratda, shuningdek ularning yashashi uchun yetarlicha imkoniyat yaratilgan.
- Men qashqadaryolikman, SamDU biologiya fakulteti 1- bosqichda tahsil olaman. O’qish boshlanganida turar joy bilan muammolarim bor edi, - deydi talaba Sabina Ahmadjonova. - Tyutorlarimizning yordami sabab, qulay va sharoitlari yaxshi bo’lgan xonadonga joylashdim. Bu yerdagi ijara narxi ham o’zimga ma’qul. Hozir bir xonada 3 kishi turibmiz. Biz uchun ma’sul bo’lgan tyutorlarimiz tez-tez ahvolimizdan boxabar bo’lib turishibdi.
- Samarqand davlat universiteti biologiya fakultetida muhit yaxshi, o’qishdan bo’sh vaqtimizda turli xil tanlov va sport musoboqalariga qatnashish yo’lga qo’yilgan, - deydi talaba Ne’matillo Norov. – Tyutorlarning sa’y-harakati bilan ijarada turuvchi talabalarning sharoitlari doimiy o’rganilmoqda. Ma’sullarning borligi sabab, ota-onamizning bizdan xavotir olishga hojat yo’q. Qolaversa, biz talabalar bundan ham xursandmiz.







.png)
Behruz SHAMSIDDINOV
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati xodimi
Shavkat AKRAMOV olgan suratlar

