Sportning futbol turi bo'yicha “Dekan kubogi” bo'lib o'tdi…
Samarqand davlat universiteti xalqaro ta’lim dasturlari fakultetida sportning futbol turi bo'yicha “Dekan kubogi” bo'lib o'tdi. Musoboqada jami 10 guruh qatnashdi. Fakultetning 303 guruh talabalari mutloq g'olib bo'lib, “Dekan kubogi”ga sazovor bo'ldi. Qolgan ishtirokchilar diplom va esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi.
Xalqaro ta’lim dasturlari fakultetida ko'plab ma’naviy va sport tadbirlari bo’lib o'tadi. Bizda bo'sh vaqtning o'zi yo'q, - deydi talaba Jahongir Bobomurodov. – Bu kabi bir qator sport tadbirlarining o'tkazilishi ham ruhiy, ham jismoniy tayyorgarligimizni yanada oshishiga xizmat qiladi. Qolaversa, talabalarning o'zlari musoboqalarni o'tkazilishiga xayrixohligi va tashabbuskorligi taqsinga loyiqdir.
Behruz SHAMSIDDINOV
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati xodimi

