Samarqand davlat universiteti talaba-qizlari o‘rtasida “Qo‘l to‘pi” sport turidan musobaqa bo‘lib o‘tadi
Samarqand davlat universiteti 74-talabalar spartakiadasi dasturiga kiritilgan qo‘l to‘pi sportidan turnir o‘tkaziladi.
Universitetimizning barcha sportchi talaba-qizlarini ushbu sport musobaqasida ishtirok etishga taklif qilamiz.
Ishtirok etish niyatida bo‘lgan talabalar fakultetning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosarlariga murojaat etishlari so‘raladi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati

