Samarqand davlat universiteti bitiruvchisi, “Tokio–2020” olimpiadasi sovrindori Davlat Bobonov 90 kg. vazn toifasida Birlashgan Arab Amirliklarida o’tkazilayotgan “Katta dubulg‘a” turnirida qatnashdi. Barcha raqiblari ustidan yaqqol utunlik qilib kelayotgan Davlat Bobonov yarim finalda rossiyalik raqibiga imkoniyatni boy berib qo’ydi. Musoboqa so’nggida sportchimiz fransiyalik raqibi Fransis Damerga qarshi kurashib, bronza medalini qo’lga kiritdi.

    Eslatib o’tamiz joriy yilning oktyabr oyida Parijda o’tkazilgan Jahon chempionatida Davlat Bobonov finalda braziliyalik Godoy De Machedoni mag‘lubiyatga uchratib oltin medalni qo’lga kiritgandi.

Behruz SHAMSIDDINOV
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati xodimi
Shavkat AKRAMOV olgan surat.