Tonggi ruhiyat
- Yaxshi va yomon xulqning hammasi sharoit, tarbiya, odatlanish natijasida vujudga keladi. Yaxshi xulqqa ham odat tufayli erishiladi.
- Insondagi sir saqlay bilish xislati oshkor qilish xavfi tug‘ilganda uni ushlab tura biluvchi kuchdir.
- Vahima qilish yarim kasallikdir. Xotirjamlik yarim sog‘likdir. Sabr esa shifoning boshlanishidir.
- Inson toki o‘zini mayda gap, o‘chakish, janjal, shikoyat, norozilik, ohu vohlardan ozod qilolmas ekan, u iflos va plastik tabiatidan xalos bo‘lolmaydi.
- Yaxshiliklarning eng foydalisi sadaqadir.
- Sabr deb, inson boshiga tushgan alam va chidab bo‘lmaydigan og‘riqni to yengunga qadar ushlab turishga aytiladi.
- Bir kishi sen bilan munosabatida xato qilsayu, senga uzr bayon etsa, uzrini qabul qilishni kechiktirma!
- Kundalik rizq ko‘p, qayg‘uraverma. Shu bilan birga mol orttiraman, deb o‘zingni ko‘p qiynayverma. Chunki har kim o‘z nasibasidan ortiq bitta don ham yeya olmaydi.
Abu Ali ibn Sino

