Samarqand viloyat prokuraturasida o‘quvchi-talabalar ishtirokida “ochiq eshiklar kuni” bo'lib o'tdi. Tadbirda Samarqand davlat universiteti yuridik fakulteti o‘qituvchi va talabalari ham qatnashdi. Bunda asosan bo‘lajak huquq organi vakillarini prokuratura ish faoliyati bilan yaqindan tanishtirish hamda yosh kadrlarga kasbiy amaliyotni tatbiq qilish maqsad qilingan.

      Tadbir davomida talabalarga prokuratura xodimlari so‘nggi bir yillikda amalga oshirgan ishlari to‘g‘risidagi film namoyish etildi. Shuningdek, sohaga oid obyektlar bilan yaqindan tanishtirildi.

      - Amaliyot bilan nazariyani bir paytda olib borish har tomonlama ustunlikka erishishning asosiy omilidir, - deydi Samarqand davlat universiteti yuridik fakulteti talabasi Nosirbek Qilichov. – Bugungi faoliyat bilan yaqindan tanishishimiz, meni yanada maqsad bilan o‘qishga undadi. O‘zim uchun bilmagan yangiliklarni kashf qildim. Bu kabi tadbirlarning doimiy ravishda o‘tkazilishi talabalarning bu sohaga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishiga xizmat qiladi.

 

Behruz SHAMSIDDINOV
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati xodimi
Shavkat AKRAMOV olgan suratlar