Samarqand davlat universitetiga Ural davlat iqtisodiyot universiteti rektori, professor Yakov Silin tashrif buyurdi.  

      SamDU xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Muxtor Nosirov bilan o‘tkazilgan uchrashuvda ikki universitet o‘rtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, birgalikda turli ilmiy loyiha va konferensiyalar tashkil etish yuzasidan fikrlar almashildi.

      Muxtor Nosirov Samarqand davlat universiteti bugungi kunda Rossiya Federatsiyasining yetakchi oliygohlari bilan manfaatli hamkorlik o‘rnatilganini, Ural davlat iqtisodiyot universiteti bilan bo‘ladigan ushbu ijobiy munosabatlar ikki oliy o‘quv yurti ta’lim tizimiga foydali bo‘lishini ta’kidladi. Shuningdek, universitetimiz agroiqtisodiyot va muhandislik ta’lim yo‘nalishlaridagi hamkorlikni alohida qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

      Ural davlat universiteti rektori Yakov Silin ushbu hamkorlik aloqalarining davomiy bo‘lishini, kelishuvlar yuzasidan ishchi guruh tuzgan holda ijro qilinishini aytib o‘tdi.

      Shuningdek, Samarqand davlat universitetidan olgan taassurotlari haqida aytar ekan, oliy ta’lim muassasida ilmiy-ijodkor muhit mavjudligini alohida qayd etdi.

      Uchrashuv yakunida, universitetimizning tarixiy ramzlari aks etgan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Samarqand davlat universiteti 
Axborot xizmati.
Shavkat Akramov olgan suratlar.